"Yuventus"dan yana 20 ochko olib tashlanishi mumkin
02 fev 2023 23:37
Yangiliklar
Italiya futbol federaciyasi pandemiya davrida futbolchilarning maoshi borasidagi firibgarliklarni o'rganishda davom etmoqda. Mamlakat bosh prokurori ayni damda federaciyaga "Yuventus"dan yana 20 ochko olib tashlanishi borasida so'rov jo'natgan.
Ish aslida 29 yanvar kuni yopilishi kerak edi. Biroq prokuratura ishlarni o'rganish uchun yana 40 kun muddat so'ragan. Yakuniy qaror esa mart oyida elon qilinadi. Oldinroq firibgarlik sababli klubdan 15 ochko olib tashlangandi. SHu sababli "Yuve" A Seriya turnir jadvalida 23 ochko bilan 13-o'ringa tushib ketdi.
Fikrlar