"Yuventus" Zidanni taklif qilishi mumkin

Alisher
17 fev 2021, 10:28
"Keksa sinora"da 48 yoshli fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidanga qiziqish mavjud.

Manbaning xabariga ko'ra, "Yuventus" vakillari "Real" bosh murabbiyining vakillari bilan ham aloqaga chiqishgan.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus"ni ayni damda o'tgan yilning yozidan beri ishlayotgan Andrea Pirlo boshqarmoqda.

"Yuventus" hozirda Italiya chempionatida 21 o'yindan so'ng 42 ochko to'plagan holda 4-o'rinda bormoqda. Yetakchi "Inter"da 50 ochko bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Chiringuito