"Yuventus" yarim himoyachisi bilan xayrlashishga tayyor Yangiliklar

"Yuventus" yarim himoyachisi bilan xayrlashishga tayyor

Italiyaning "Yuventus" klubi braziliyalik yarim himoyachi Artur Meloni sotishga shay ahvolda.

Klub ushbu mavsumda futbolchiga ishonch bildirmaydi.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, turinliklar futbolchi uchun transfer taklifini kutishmoqda.  Agar boshqa jamoalardan qiziqish bo'lmasa, yarim himoyachi "Yuventus" tarkibida qoladi – futbolchi "zebralar"dagi o'rni uchun kurashmoqchi.

Futbolchi o'tgan mavsumni "Fiorentina"da ijarada o'tkazdi. Yil davomida yarim himoyachi 48 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Artur 2020 yilda "Yuventus" futbolchisiga aylangan. O'z faoliyati davomida "Liverpul", "Barselona" va "Gremio" jamoalarida to'p tepgan.

Melo A Seriyaning dastlabki uchrashuvlarida ko'rinish bermadi. "Yuventus" usiz 2 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика