"Yuventus" yanvarda forvard bilan shartnoma imzolamoqchi. Nomzodlar orasida - Depay, Diego Kosta va Origi

Alisher
30 dek 2020, 14:44
"Yuventus" qishki transferlar oynasida hujum chizig'ini kuchaytirish uchun 3 nomzodni ko'rib chiqmoqda.

Turinliklar Memfis Depay ("Lion"), Diego Kosta (erkin agent) va Divok Origi ("Liverpul")dan birini tanlashadi.

Depayning shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Kostaning madridliklar bilan tuzgan bitimiga yana yarim yil qolgandi, ammo "Atletiko" kecha u bilan shartnoma muddatidan oldin bekor bo'lganini e'lon qildi.

Origiga kelsak, uning agenti mijoziga ko'pgina Yevropa klublarini taklif qilishi mumkin, u "Liverpul"da etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport