

Prokuratura "byankoneri" sobiq rahbarlari – Andrea Anelli, Fabio Paratichi, Federiko Kerubini, Jovanni Manna, Paolo Morganti va Stefano Bragin 2019/20 yilgi mavsumda maoshlar bo'yicha firibgarlik qilishgan. Sud jarayoni iyun oyiga belgilangan.
Avvalroq klubga A Seriyada yanvarda olib qo'yilgan 15 ochko qaytarib berilgandi. Keyinroq ma'lum bo'lishicha, koronavirus pandemiyasi davrida moliyaviy qoidabuzarliklar bo'yicha olib borilayotgan tekshiruvlar munosabati bilan Turindan keyingi mavsum oldidan ochkolar olib qo'yilishi mumkin.



