"Yuventus" Xolandni xarid qilish uchun uchinchi bor urinib ko'radi
10 apr 2020 19:37
Yangiliklar


"Yuventus" Xolandni xarid qilish uchun uchinchi bor urinib ko'radi
Turinning "Yuventus" klubi Erling Xolandni sotib olish fikridan qaytgani yo'q.
"Calciomercato" nashri xabariga ko'ra, "keksa sinora" 19 yoshli futbolchiga qiziqishda davom etgani holda uning agenti Mino Rayoladan ehtimoliy transfer uchun munosabat kutmoqda. "Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi 2018 yilda ham Xolandni xarid qilishga urinib ko'ragan, ammo norvegiyalik futbolchi "RB Zalcburg"ni tanlagandi. Turinliklar joriy yilning qishida ham iqtidorli hujumchining transferini amalga oshirishga uringandi. Ammo bu gal forvardni dortmundning "Borussiya" klubi ilib ketdi.
Malumot uchun, Xoland "Borussiya" uchun 11ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 2ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar