So’nggi yangiliklar

14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  0 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  3 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  3 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  2 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  19 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  1 11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  5 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  7 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  9 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  13 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  7 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  47

"Yuventus" va "Milan" "Inter"ni quvlashda davom etadi - A Seriya 14-tur yakunlari Yangiliklar

"Yuventus" va "Milan" "Inter"ni quvlashda davom etadi - A Seriya 14-tur yakunlari

Italiya chempionatida navbatdagi tur uchrashuvlari qiziqarli bellashuvlarga boy bo'ldi.

"Yuventus" "Monca"ni engdi

Jamoalar o'yin startini faol o'tkazishdi. Kiryapolous 9-daqiqadayoq Kambyazoni jarima maydonchasida yiqitdi, nuqtaga Dushan Vlaxovich keldi, lekin imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Serbiyalik Di Gregorioni dog'da qoldira olmadi. Biroq mezbonlarning quvonchi uzoq cho'zilmadi, penaltidan keyin yuzaga kelgan burchak zarbasidan "keksa sinora" baribir gol urdi. Rabo hammadan baland sakradi va boshi bilan to'pni darvoza to'qqizligiga yo'lladi. SHundan so'ng ancha tinchlanib qolgan o'yin, bo'lim o'rtalariga kelib, burchak zarbasidan keyin Gattida yuzaga kelgan vaziyat tufayli jonlandi. Ammo futbolchi yaqin masofadan to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi. "Monca" esa birinchi bo'limda aytarli hech nima qila olmadi, jamoa faqat bir bor SHensnini o'yinga "qo'shilishga majbur qila" olishdi.

Tanaffusdan keyin mezbonlar qiziqarliroq futbol ko'rsata boshlashdi. Uzoq masofadan Pessina va CHirriua yaxshi zarba yo'llashdi, mehmonlar esa ko'proq himoya haqida o'ylab, Di Gregorioni deyarli bezovta qilishmasdi. Qo'shib berilgan daqiqalar esa bellashuvning eng qiziqarli qismi bo'ldi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Valentin Karboni jarima maydonchasiga yo'llagan to'p, barchadan o'tib, darvoza to'riga borib tushdi. Stadionga to'plangan muxlislar durang haqida o'ylab ulgurmay, 2 daqiqadan keyin Rabo qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi va to'pni Gatti amallab darvozaga yo'llashni uddaladi. "Yuventusu" og'ir o'yinda muhim g'alabani tantana qildi.


"Inter" "Napoli"ga imkon qoldirmadi

Mezbonlar o'yinni faol boshlashdi. 2-daqiqadayoq Elmas uzoqdan yaxshi zarba yo'lladi, lekin Zommer ishonchli o'ynab, to'pni qaytardi. Biroz o'tib, Politanoning urinishidan so'ng kiperga ustun yordamga keldi. "Inter" ham o'z imkoniyatlariga ega bo'ldi. Lautaro sarkab ajoyib zarba yo'lladi, Meret ham jamoasini goldan qutqardi. O'yin oxirida esa Dimarkoning uzatmasidan so'ng Dumfris, Barella orqali kelgan to'pni markazda bo'sh qoldirilgan CHalxanoglu kuchli zarb bilan darvoza burchagiga mixladi. 

Tanaffusdan keyin Xvichada yaxshi imkoniyat bo'lgandi. U o'z uslubida uzoq burchakni nishonga oldi, biroq Zommer ham yaxshi o'ynadi. "Napoli" bosimni oshirgandi, "Inter" muhim gol urib oldi. Lautaro qanotdan to'pni markazga uzatdi, chaqqon harakat qilgan Barella aldamchi harakat bilan himoyachini dog'da qoldirgan Nikolo oradagi farqni ikkitaga oshirdi. "Napoli" darhol javob berishi mumkin edi. Jezusning uzatmasidan keyin Osimxen gol urishga yaqin edi. "Napoli" ko'proq hujum qilsada, golni yana "Inter" urib ketdi. Barella to'pni Kuadradoga uzatdi, Xuanning uzatmasidan keiyn Tyuram birgina harakatda darvozani ishg'ol qildi. "Inter" muhim g'alabani qo'lga kiritdi va jadvalda etakchilikni saqlab qoldi. "Napoli" esa yana yo'lidan qoqilgandek.


"Frozinone" "Milan"ga mag'lub bo'ldi  

"Rossoneri" uchrashuvni faol boshlashdi. Maydondagilar ichida CHukvueze ayniqsa ajralib turardi. Qanotida faol harakat qilib vaziyatlar yaratgan CHukvueze yana bir vaziyatda kuchli zarba yo'lladi. "Frozinone" ham uzoq masofadan zarbalar bilan javob berardi. Ularning aksariyatini Oyno ijrosida ko'rdik. Bo'lim oxirida CHunida ajoyib vaziyat yuzaga keldi, birga-bir vaziyatga chiqib borgan futbolchi Menyanni dog'da qoldira olmadi. Deyarli keyingi hujumda esa "Frozinone" gol o'tkazib yubordi. CHukvezening uzatmasidan keyin himoyachi to'pni qaytarishda no'noqlikko' yo'l qo'ydi va Yovich ajoyib zarbasi bilan milanliklarni oldinga olib chiqdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlangani haqidagi hushtak chalinishi bilan "Milan" yana gol urdi. Menyan to'pni Pulishichga aniq etkazib berdi, raqiblaridan qochib ketgan Kristian darvoza to'qqizligini nishonga oldi. "Frozinone" o'zini yo'qotib qo'ymadi va hujumlar uyushtirishda davom etdi. Biroq gol urish baxti "Milan"ga nasib qildi. Reydersning jarima maydoniga uzatgan to'pini Yovich markazroqdagi Tomoriga o'tkazib berdi va Fikayo hisobni 3:0 ko'rinishiga olib keldi. "Frozinone" shundan keyin ham taslim bo'lmadi va bu uchun mukofotlandi. Breshiani jarima zarbasidan to'pni darvoza tomon yo'lladi va hech kimga tegmagan to'p to'rga borib tushdi. Mehmonlar so'nggi daqiqalarda bosimni orttirishdi, biroq "Milan" uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritdi.


"Lacio" "Kalyari"ni mag'lubiyatga uchratdi

O'yinning ilk daqiqalari "burgutlar" uchun o'ta omadli tus oldi. 8-daqiqada Laccari qanotda himoyachidan to'pni olib qo'ydi va markazga yo'lladi, Pedro birgina urinish bilan darvozani ishg'ol qildi. Ko'p o'tmay, Luis Albertoda qulay imkoniyat yuzaga keldi, lekin Skuffet zarbani bartaraf etdi. "Kalyari"da ham imkoniyatlar bo'ldi. Lapadulla boshi bilan xavfli zarba bergandi. 

Mehmonlarga 27-daqiqadagi Antuan Makumbuning qizil kartochkasidan keyin vaziyat yanada qiyinlashdi.


Tanaffusdan keyin o'yin o'yin keskin o'zgarmadi. "Lacio" ko'proq hujum qilardi va vaziyatlar yaratishga urinardi. Faqatgina Skuffetning ajoyib o'yini "Kalyari"ni gollardan qutqarardi. Mavsum davomida bir necha bor pand bergan "Lacio" himoyasi bu safar xatolarga yo'l qo'ymasdi. SHunday bo'lsada, Provedel bekor qolib ketmadi. Golkiper Luvomboning uzatmasidan keyin Pavolettining yaxshi zarbasini bartaraf etdi. O'yinning oxirgi daqiqasida Oristano "burgutlar" darvozasi tomon birga-bir vaziyatga chiqib bordi, lekin zarba juda noaniq chiqdi. Oqibatda, "Lacio" jadvalda 8-pog'onagacha yuqoriladi, "Kalyari" xavfli zonada qolmoqda va safar uchrashuvlarida ishlari butkul yurishmayapti.

SHuningdek, "Torino" "Atalanta"ni, "Fiorentina" esa «Salernitana"ni yirik hisobda mag'lub etdi, "Lechche» va "Bolonya" esa murosa ko'chasini tanlashdi.


Sergey Rumyancev 

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика