"Yuventus" va "Inter"ga "Rubin" futbolchisi kerak
19 apr 2021 20:22
Yangiliklar
"Yuventus" va "Inter"ga "Rubin" futbolchisi kerak
Qozonning "Rubin" klubi yarim himoyachisi Xvicha Kvaracxeliya faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi kutilmoqda.
"Betting Insider" xabariga ko'ra, 20 yoshli o'yinchining xizmatlariga "Yuventus" va "Inter" jamoalari qiziqish bildirmoqda. O'tgan hafta gruziyalik futbolchining agenti Mamuka Jugeli va Mixail Prokopec ("Rubin" manfaatlarini himoya qiluvchi yurist) Italiyada "Yuve" hamda "Inter" vakillari bilan alohida-alohida uchrashuvlar o'tkazishgan. Uchrashuvda Xvichaning transfer bahosi 20 millionov evro ekani aytilgan.
Avvalroq "Rubin" futbolchisiga "Bavariya" va "Milan" jamoalari ham qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
Fikrlar