"Yuventus" va "Inter" Italiya terma jamoasi futbolchisi uchun kurashmoqda

Tolibjon Qosimov
2 dek 2019, 16:21
"Roma" yarim himoyachisi Lorenco Pellegrini yaqin transfer oynalaridan birida klubni tark etishi mumkin.

Nashrlarning xabarlariga ko'ra, joriy mavsumdagi Italiya chempionati yetakchilari - "Inter" va "Yuventus" 23 yoshli futbolchining xizmatidan manfaatdor. Lorenconing Rim klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar amal qiladi.

Pellegrini "Roma" tarbiyalanuvchisi bo'lib, professional faoliyatini 2015/16 yilgi mavsumda "Sassuolo"da boshlagan. 2017 yilning yozida esa sobiq klubiga qaytgan. Ushbu mavsumda Lorenco Italiya A Seriyasining 8 o'yinida qatnashdi va olti bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Shuningdek, uning hisobida 4ta sariq kartochka ham bor.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Calciomercato.com