"Yuventus" va Danilo shartnomasini uzaytirish uchun muzokaralarni boshladi
04 sen 2022 11:55
Yangiliklar
"Yuventus" va Danilo shartnomasini uzaytirish uchun muzokaralarni boshladi
"Yuventus" rahbariyati himoyachi Danilo bilan yangi shartnoma imzolashmoqchi.
Turin klubi 31 yoshli braziliyalik futbolchi bilan kelishuvni yana 2025 yilga qadar uzaytirishga tayyor. Amaldagi kelishuv esa 2024 yil yoziga qadar davom etadi.
Yangi shartnoma orqali futbolchining maoshi oshiriladi. Ushbu mavsumda Danilo barcha 5 o'yinda to'liq harakat qildi.
Fikrlar