Yuventus va Atletiko Aleksis Sanchesni kuzatmoqda

Aziz Tukhtamuradov
20 mar 2016, 18:00
Arsenal futbolchisi Aleksis Sanches yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

"Kanonirlar" 27 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchilar. Biroq, chililik futbolchi sovrinlar uchun kurashadigan jamoada o'ynashni istaydi.

Bundan esa "Yuventus" va "Atletiko" jamoalari foydalanib qolmoqchilar. Agar klub va futbolchi o'rtasidagi kelishuv muddati uzaytirilmasa yuqoridagi klublar futbolchiga taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqdalar.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru