"Yuventus" transferlar uchun rekord darajada mablag' sarflaydi, nomzodlar ham aniq

Mirjalol Normatov
25 may 2018, 16:21
"Yuventus" rahbariyati yangi mavsum uchun amalga oshiriladigan transferlar uchun rekord darajadagi mablag'ni sarflaydi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, "keksa sinoralar" rahbariyati Massimiliano Allegriga transferlar uchun 230 mln evro taqdim etadi. Bungacha jamoa transferlar uchun hech qachon buncha mablag' ishlatmagandi.

Ushbu mablag' darvozabon Mattia Perin ("Jenoa"), himoyachilar Matteo Darmian ("Manchester Yunayted") va Xose Mariya Ximenes ("Atletiko"), yarim himoyachilar Emre Jan ("Liverpul") va Mateo Kovachich ("Real"), vinger Duglas Kosta ("Bavariya") va forvard Alvaro Morataning ("Chelsi") transferiga ishlatiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru