"Yuventus" transfer narxi baland futbolchisini ijaraga bermoqchi
27 iyu 2021 22:21
Yangiliklar
"Yuventus" transfer narxi baland futbolchisini ijaraga bermoqchi
Yarim himoyachi Artur yozgi transfer oynasida "Yuventus"ni tark etishi mumkin.
"Byankonerlar" ustozi Massimiliano Allegri rahbariyatga kelasi mavsumda braziliyalik futbolchi Arturni ortiqcha hisoblashini aytdi.
SHu sababli, "Yuventus" 24 yoshli futbolchini transferga qo'yishi mumkin. Klub Arturning transfer narxini yuqori ekanligini hisobga olgan holda uni sotish qiyin bo'lishini tushunadi, shuning uchun ijaraga berish variantini ko'rib chiqmoqda.
Avvalroq "Lacio"ning yangi ustozi Mauricio Sarri jamoasida Arturni ko'rishni istayotganini aytgandi.
Fikrlar