"Yuventus" Sandroni sotib, o'rniga Marseloni olib kelmoqchi
09 apr 2019 22:53
Yangiliklar


"Yuventus" Sandroni sotib, o'rniga Marseloni olib kelmoqchi
Yuventus himoyachisi Aleks Sandro PSJga o'tishga yaqin turibdi. AS'ning malum qilishicha, tomonlar muzokarlarni boshlab yuborgan.
Agar braziliyalik futbolchi turinliklarni tark etadigan bo'lsa, u holda klub mutasaddilari «Real»dan Marseloni xarid qilmoqchi. Avvalroq, u Italiya chempioni tarkibiga kelib qo'shilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, Zayniddin Zidan «qirollik klubi» murabbiyliga qayta tayinlanganidan so'ng, Marselo Ispaniyada qolishni xohlayotgani aytilmoqda.
O'z navbatida, «Yuventus» madridliklarning himoyachisi bilan kelisha olmasa, «Benfika» azosi Alexandro Grimaldoning nomzodini ham ko'rib chiqishga tayyor bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar