"Yuventus" Salahni xarid qilish uchun Dibalani "Real"ga sotishga tayyor

Alisher
25 okt 2020, 18:08
"Yuventus" "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salahni xarid qilmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, Turin klubi misrlik futbolchining transferiga pul olish uchun hujumchi Paulo Dibala bilan xayrlashishga ham tayyor.

"Keksa sinora" argentinalik futbolchini "Real"ga 100 million evro evaziga sotishga tayyor. Oldinroq, "Yuventus" va Dibala yangi shartnoma borasida muzokaralarni to'xtatishgan edi.

28 yoshli Salah esa "Liverpul"da 2017 yildan beri o'ynamoqda. O'yinchi joriy mavsum klub miqyosidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com