"Yuventus" Ronalduning kelajagi borasida undan qaror kutmoqda
29 iyu 2021 16:52
Yangiliklar
"Yuventus" Ronalduning kelajagi borasida undan qaror kutmoqda
"Yuventus" hujumchi Krishtianu Ronalduni kutmoqda.
Portugaliyalik futbolchi Turin klubi bilan shartnomasini uzaytirishga tayyormi yoki yo'q, buni aniqlab olishi kerak, sabab uning qarori "Yuve" transfer bozoriga bog'liq.
Agar forvard jamoani tark etsa, turinliklar bir yo'la bir nechta futbolchilarni xarid qilishi mumkin. Futbolchining iyul o'rtalariga qadar faoliyatini qaerda davom ettirish borasida bir qarorga kelishi kutilmoqda.
36 yoshli Ronalduning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Forvard o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol urishga erishdi.
Fikrlar