"Yuventus" Remzi bilan shartnomani bekor qilmoqchi
08 noy 2021 23:57
Yangiliklar
"Yuventus" Remzi bilan shartnomani bekor qilmoqchi
"Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzi qishki transferlar oynasi vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, Turin klubi 30 yoshli futbolchini o'z rejalariga kiritmayapti. Ammo sotib yuborish qiyin bo'ladi. CHunki u klubda katta maosh oladi.
Aynan ushbu sabab uelslikning jamoadan ketishiga sabab bo'lmoqda.
Xavbekning Italiya klubi bilan shartnomasi 2023 yil yoziga qadar davom etadi. U yiliga 10 million evro maosh oladi.
Fikrlar