"Yuventus" Remsi borasida "Arsenal" taklifini rad etdi
06 jan 2019 01:00
Yangiliklar
"Yuventus" Remsi borasida "Arsenal" taklifini rad etdi
"Arsenal" rahbariyati "keksa senora"ga Remsi - Benatiya almashuvi taklifi bilan chiqdi. Lekin, turinliklar bunga rozi bo'lishmadi.
Bu haqda Italiyaning Football Italia nashri malumot berdi. Manbada keltirilishicha, Remsi "Yuventus" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan. Turinliklar uelslik xavbekni qishki transfer paytida qo'lga kiritishni xohlashmoqda. Bunga javoban "Arsenal" Remsini "Yuventus"ga qishda qo'yib yuborishga qarshi emas. Biroq, buning evaziga "to'pchilar" Turin klubidan Mexdi Benatiyani berishlarini so'radi. "Yuventus" esa bu taklifni rad etdi.
Avvalroq, marokashlik Benatiyaga "SHalke" va "Milan" klublaridan qiziqish bo'lganiga qaramay, "Yuventus" rahbariyati futbolchini boshqa jamoaga qo'yib yubormasligini aytgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar