"Yuventus" - "Real" uchrashuvi hakamlar xatosi tufayli to'xtatildi
12 apr 2020 15:25
Yangiliklar


"Yuventus" - "Real" uchrashuvi hakamlar xatosi tufayli to'xtatildi
Biroq ushbu uchrashuv ohirigacha etkazilmadi. O'yinning 71-daqiqasida "Real" futbolchilari maydonni tark etishi natijasida o'yin to'xtatildi. Bu haqda metaratings.ru sayti xabar berdi.
Bunga hakamlarning qarori sabab bo'ldi. "Yuventus" hujum qilayotgan vaqtda qanot hakami ofsayd qayd etgandi. SHu boisdan "Real" futbolchilari to'xtab qolishdi, hattoki to'p bilan bo'lib turgan "Yuventus" futbolchisi ham ikkilanib qolgandi. Biroq bosh hakam o'yinni davom ettirish kerakligini bildirdi. Natijada gol urildi.
"Real" futbolchilari javob tariqasida bosh hakamni olqishlashdi va sariq kartochka olganidan keyin maydonni tark etishdi. Endi "Real"ni texnik mag'lubiyat kutmoqda.
15-turdan keyin Nikaragua chempionatida 17 ochko jamg'argan "Yuventus" 7, 14 ochkosi bor "Real" esa 8-o'rinda joylashgan.
manba: metaratings.ru
O’xshash yangiliklar

Fikrlar