"Yuventus" rahbariyati, shu jumladan, prezident Anelli ham istefoga chiqdi
29 noy 2022 18:37
Yangiliklar
"Yuventus" rahbariyati, shu jumladan, prezident Anelli ham istefoga chiqdi
"Yuventus" direktorlar kengashi, shu jumladan, prezident Anelli ham istefoga chiqqanini elon qildi.
Rahbariyatning istefoga chiqish sababi so'nggi oylardagi "Yuventus" moliyaviy hisobotlarining prokuratura tomonidan tekshirilayotgani bilan bog'liq. "Yuventus" rahbariyati moliyaviy hisobotlardagi aldov va bozorni manipuliyaciya qilish bo'yicha gumon qiliinmoqda. Jamoa esa har qanday ayblovlarni rad etmoqda.
Jamoa vice-prezidenti Pavel Nedved va prezident Anelli ham tergov ostida, ularga qarshi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Yuventus" o'tgan mavsum A Seriyada 4-o'rinin egalladi va 253,4 million evro zarar ko'rdi – bu ko'rsatkich Italiya jamoalari uchun rekord.
"Hal etilmagan yuridik va moliyaviy muammolarin hisobga olgan holda, boshqaruv kengashi istefoga chiqishga qaror qildi", – deyiladi bayonotda.
Fikrlar