"Yuventus" PSJ futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
25 dek 2019, 11:54
Turinning "Yuventus" klubi PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredesni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Turinliklar PSJ bilan 25 yoshli argentinalik futbolchining transferini muhokama qilmoqda.

"Yuventus" Paredes uchun Emre Janni PSJga taklif qilmoqda. Transfer yanvarda amalga oshishi mumkin.

Bunga sabab Rodrigo Bentankurning Italiya Superkubogi doirasidagi "Lacio" (1:3)ga qarshi o'yinda olgan 3 o'yinlik diskvalifikaciyasidir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Stampa