"Yuventus" muxlislari uchun xushxabar

Alisher
10 yanv 2020, 12:40
"Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira operaciyadan keyingi ilk mashg'ulotlarni o'tkazdi.

Germaniyalik futbolchi dekabr oyida tizzasidan olgan jarohati sabab operaciya qilingan edi.

Takidlash kerakki, Xedira o'tgan yilning aprel oyida ham o'ng tizzasidan operaciya qilingan edi.

32 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etgan.

U so'nggi bor 23 noyabr kuni bo'lib o'tgan "Atalanta" (3:1)ga qarshi uchrashuvda maydonga chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport