"Yuventus" Moyze Kinning transferini elon qildi. "Everton" 2 yillik ijara uchun 7 mln evro oladi, xarid majburiyati - 28+3 mln evro
31 avg 2021 12:47
Yangiliklar


"Yuventus" Moyze Kinning transferini elon qildi. "Everton" 2 yillik ijara uchun 7 mln evro oladi, xarid majburiyati - 28+3 mln evro
"Yuventus" klubga Moyze Kinning qaytganini elon qildi.
Forvard 2023 yilga qadar "Yuve"da ijarada o'ynaydi va klub buning uchun unga 7 mln evro to'laydi (2021/22 yilgi mavsum uchun 3, 2022/23 yilgi mavsum uchun 4).
Ijara muddati tugaganidan so'ng "Yuventus" Kinni 28 million evro evaziga xarid qilish majburiyatiga ega. Bu pul uch yil davomida to'lanadi. Bitimda 3 mln evrolik bonuslar ham ko'zda tutilgan.
Kin ikki yil oldin "Yuve"dan "Everton"ga 25 mln funt evaziga o'tgandi. Uning ingliz klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakunlanadi.
Italiyalik "Yuventus"da 2016 yilda Massimiliano Allegri ishlagan payti debyut qilgan edi. Kin o'tgan mavsumni ijara asosida PSJda o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar