"Yuventus" Milikka 5 mln evro maosh taklif qildi
17 iyu 2020 11:37
Yangiliklar
"Yuventus" Milikka 5 mln evro maosh taklif qildi
"Yuventus" "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milikka qiziqish bildirmoqda.
Arkadiush Milik agar jamoadan ketadigan bo'lsa, uning birinchi tanlovi bo'lib turgan "Yuventus"ga yo'l olishga qarshi emas.
"Keksa sinora" unga 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma va 5 million evro miqdoridagi maosh taklif qilmoqda.
Futbolchi joriy mavsum A Seriya diorasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.
Fikrlar