Yuventus PSJ yarim himoyachisi Blez Matyuidi bilan kelishuvga erishdi.
Shartnoma 4 yilga mo'ljallangan bo'ladi va futbolchi yiliga 9 million evro maosh oladi. Klublar o'rtasida ham kelishuv bo'lishi kutilmoqda. Matyuidi Turinga 30 million evro evaziga o'tishi mumkin.