Matyuidi faoliyatini AQSHda yakunlamoqchi

Alisher
19 avg 2021
"Inter Mayami" yarim himoyachisi Blez Matyuidi Yevropaga qaytmoqchi emas.

34 yoshli fransiyalik futbolchi faoliyatini MLSda yakunlashni rejalashtirmoqda.

"Men ortiq Fransiyaga qaytishni xohlamayman (kuladi). Agar jiddiy gapiradigan bo'lsam, AQSHda baxtliman. Umid qilamanki, bu erda uzoq yillar qolaman va oilam bilan yaxshi vaqtlarni o'tkazaman.

Va shu erda faoliyatimni yakunlashni xohlayman", - deydi Matyuidi.


AlisherMuallif
Manba: Eurosport