"Yuventus" "Lion" xavbekini ikki yilga ijaraga olmoqchi
06 iyu 2020 17:30
Yangiliklar


"Yuventus" "Lion" xavbekini ikki yilga ijaraga olmoqchi
"Yuventus" "Lion" yarim himoyachisi Ussem Auarni nishonga oldi.
Bu haqda italyan matbuoti xabar bermoqda.
Turin klubi moliyaviy inqiroz sabab futbolchini to'laqonli transfer qila olmaydi. "Yuventus" Franciya klubiga Auarni 2 yilga ijaraga olishni taklif qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Ussem Auarga shuningdek "Manchester Siti" raqobat qilmoqda.
Franciyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 7ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar