Yuventus ketma-ket 14ta o'yinda yutib klub rekordini takrorladi
08 fev 2016 08:05
Yangiliklar
Yuventus ketma-ket 14ta o'yinda yutib klub rekordini takrorladi
Frozinone ustidan qozonilgan g'alaba keksa sinora uchun ketma-ket 14-g'alaba bo'ldi. Yuventus so'nggi bor 28 oktyabr kuni ochko yo'qotgandi. O'shanda Massimiliano Allegri jamoasi Sassuologa yutqazib qo'ygandi (0:1).
SHundan so'ng Yuventus Torino (2:1), Empoli (3:1), Milan (1:0), Palermo (3:0), Lacio (2:0), Fiorentina (3:1), Karpi (3:2), Verona (3:0), Sampdoriya (2:1), Udineze (4:0), Roma (1:0), Kevo (4:0), Jenoa (1:0) va Frozinone (2:0) taslim etildi. Keyingi turda Allegri Napoli bilan to'qnash keladi. Bu jamoa esa oxirgi 8ta o'yinda g'alabaga erishgan.
Yuventus 14ta g'alaba bilan o'z shaxsiy rekordini takrorladi. Italiyada bu borada mutloq rekordchi Inter hisoblanadi. 2006/07 yilgi mavsumda Milan shahri jamoasi ketma-ket 17ta uchrashuvda zafar quchgandi.
Fikrlar