"Yuventus" Iguainning narxini ko'tardi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2018, 15:10
"Yuventus" hujumchi Gonsalo Iguain bilan xayrlashishga tayyor.

"Football Italia" xabariga ko'ra, "keksa sinoralar" argentinalik futbolchini 60 mln evroga baholagan. Bungacha uning narxi 50 mln evro bo'lishi aytilgandi. Oldinroq uning xizmatlariga "Chelsi" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Iguainning jamoadan ketishi Krishtianu Ronalduning transferidan keyin deyarli aniq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia