"Yuventus" Gomesning transferi bo'yicha taklif tayyorlashi mumkin
05 jan 2021 17:38
Yangiliklar


"Yuventus" Gomesning transferi bo'yicha taklif tayyorlashi mumkin
Bosh murabbiy Jan Pero Gasperini bilan kelishmovchilik sabab "Atalanta"ni tark etishi mumkin bo'lgan yarim himoyachi Alexandro Gomes "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Jurnalist Janluka di Marcioning xabariga ko'ra, "keksa sinora" argentinalik futbolchi bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Italiya chempioni qishki transferlar oynasida Bergamo klubiga 32 yoshli futbolchi bo'yicha taklif berishi mumkin. Gomes Turinda tez orada sotilishi mumkin bo'lgan Federiko Bernardeskini o'rnini egallashi mumkin.
Alexandro joriy mavsum 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar