"Yuventus" "Fiorentina" darvozaboni bilan shartnoma tuzdi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2015, 17:35
"Yuventus" "Fiorentina" bilan shartnomasi yakunlangan darvozabon Neto bilan shartnoma tuzdi. Oldinroq posbon florenciyaliklarning kelishuvni uzaytirish taklifiga rad javobini bergan edi.

"Men terma jamoada o'ynash uchun o'sishni istayman. "Yuventus" esa bu maqsadimga erishish uchun yaxshi variant. Italiyaga kelganimda top-klubda o'ynashni maqsad qilgan edim. Turin klubi barcha turnirlarda g'alaba qozonishni istaydi va tarkibida juda kuchli darvozabonlar bor. Buffon meni yaxshi kutib oldi. Uzoq vaqt davomida jamoa yetakchisiga aylanmoqchiman" - deydi darvozabon.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com