"Yuventus" yetakchisi Xitoydan tushgan taklifga "yo'q" dedi

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019, 11:29
"Yuventus" hujumchisi Mario Manjukich Xitoy chempionatida o'ynashni istamadi.

"Tuttomercatoweb" xabariga ko'ra, 32 yoshli xorvatiyalikni Odil Ahmedov faoliyat olib borayotgan "Shanxay SIPG" o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan. Biroq futbolchi bunga rad javobini bergan.

Bu mavsumda Manjukich "Yuventus" tarkibida 21 o'yinda qatnashib, 9 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi. Uning "keksa sinora"lar bilan shartnomasi 2020 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb