“Yuventus” erta istefo uchun Sarriga 20 mln evro to'lashi mumkin
08 avg 2020 20:05
Yangiliklar
“Yuventus” erta istefo uchun Sarriga 20 mln evro to'lashi mumkin
Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
ECHLdagi omadsizlikdan keyin turinliklar jamoa bosh murabbiyi Mauricio Sarri bilan o'rtadagi kelishuvni bekor qildi.
Manbaga ko'ra, agar shartnoma ikkala tomonning roziligisiz bekor qilingan bo'lsa, u holda Turin klubi 61 yoshli mutaxassisga 20,3 mln evro to'lashga majbur bo'ladi.
Sarri “Yuve” bilan 2022 yilning yozigacha bitim tuzgandi va uning maoshi yiliga 5,5 mln evro edi. Qayd etish joizki, Sarri bilan birga uning murabbiylar shtabi ham istefoga chiqqan.
Fikrlar