"Yuventus" Dibala bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytiradi
13 dek 2021 13:15
Yangiliklar
"Yuventus" Dibala bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytiradi
"Yuventus" forvard Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirishga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 28 yoshli argentinalik futbolchining Turin klubi bilan yangi shartnomasi 2026 yilga qadar amal qiladi.
Forvardning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Dibala joriy mavsum 17ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar