"Yuventus" darvozaboni: "Afsusda emasman"

Narzulla Saydullayev
27 dek 2017, 08:45
"Yuventus"ning polshalik posboni Voycex Shesni Turinga ko'chib o'tganidan sira afsusda emasligini ma'lum qildi.

"Yuventus"ga o'tishdan oldin biroz xavfsiragandim, ammo bu qadamni tashlaganimdan xafa emasman. Doim Buffonni darvozabon sifatida hurmat qilardim, u ajoyib inson ham. "Yuve"da qolishni istayman, sababi klubni tez-tez almashtirishni xohlamayman. Bu yerda barchasi meni qoniqtirmoqda. Umid qilamanki, "Yuventus"ga skudettoni yutishda yordam beraman", - deydi Shesni.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sports