"Yuventus" bir transferni deyarli amalga oshirdi

Aslanov Jasurbek
22 may 2018, 10:01
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian yaqin vaqt ichida Italiya chempionatiga qaytadi.

"Yuventus" "Torino"ning 28 yoshli sobiq futbolchisi uchun 13 mln. evro to'laydi. Tomonlar tez orada barcha rasmiyatchiliklarni yakunlashadi va transfer haqida e'lon qilishadi.

Bundan tashqari, "Yuventus" "Atalanta"dagi Leonardo Spinacola va Mattia Kaldaralarni ijaradan qaytarib oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport