"Yuventus" "Barselona"ning universal futbolchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
25 apr 2020, 23:35
"Barselona" uni qo'yib yuborishga tayyor.

"Yuventus" jamoaga "Barselona" yarim himoyachisi Serxi Robertoni taklif qilmoqchi.

Turin klubi birinchi navbatda Robertoning ko'p qirrali, universal ekanligi, ham himoya, ham o'rta chiziqda harakatlana olishini qadrlaydi.

Agar kelishuv amalga oshsa, bu o'yinchilarni almashish doirasida amalga oshishi mumkin. "Yuve" ko'plab futbolchilarini taklif qilishga tayyor, ulardan biri - Miralem Pyanich.

Alohida aytib o'tish kerakki, Turin klubi "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachisi Arturga da'vogarlik qilgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es