"Yuventus" "Atletiko" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
8 may 2017, 16:41
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Atletiko" himoyachisi Filipe Luisga qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq "keksa sinora" Aleks Sandrodan ayrilishi mumkinligi, chunki unga "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi. Inglizlar futbolchi uchun 70 mln. evro to'lashga tayyor. Agar Italiya grandi o'z futbolchisi bilan xayrlashsa, ular Filipe Luisni xarid qilishga urinib ko'rishlari mumkin. Ammo byankonerilar faqat ispan klubi futbolchisi nomzodini ko'rib chiqmayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport