"Yuventus" "Atalanta"ga futbolchilarni almashishni taklif qilmoqda
08 jan 2021 00:55
Yangiliklar


"Yuventus" "Atalanta"ga futbolchilarni almashishni taklif qilmoqda
"Yuventus"dagilarga "Atalanta" futbolchisi Alexandro Gomesning o'yinlari maqul kelmoqda.
"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, uning uchun turinliklar Federiko Bernardeskidan voz kechishga tayyor turibdi. Ammo u jamoani tark etishni istamayapti.
Eslatib o'tamiz, "Atalanta" rahbariyati bosh murabbiy bilan urushib qolgan Alexandro Gomesdan voz kechgan.
Ushbu mavsumda 32 yoshli Gomes "Atalanta" tarkibida 16 o'yinda qatnashib, 5 gol va 4 assist qayd etdi. 26 yoshli Bernardeskida esa 17 o'yinda 1 assist bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar