"Yuventus" asosiy o'yinchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirdi. U yozda jamoadan tekinga ketishi mumkin edi
02 apr 2020 10:20
Yangiliklar


"Yuventus" asosiy o'yinchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirdi. U yozda jamoadan tekinga ketishi mumkin edi
"Yuventus" yarim himoyachi Blez Matyuidi bilan 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi bitim imzoladi.
Turinliklar 32 yoshli francuz bilan kerakli bandlarni aktivlashtirgan holda 14 fevralda shartnoma imzolab bo'lishgan.
Mayutidining "Yuventus" bilan tuzgan oldingi shartnomasi 2020 yilning iyuniga qadar amal qilar, o'yinchi yozda Turindan erkin agent sifatida ketishi mumkin edi.
Blez joriy mavsum barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assistga erishgan.
Franciya terma jamoasi o'yinchisi "Yuve"ga 2017 yilda PSJdan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar