"Yuventus" 2004 yildan beri ilk bor 4ta gol farqi bilan yutqazdi
24 noy 2021 12:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/669991_original.jpg)
![](/upload/storage/669991_220.jpg)
"Yuventus" 2004 yildan beri ilk bor 4ta gol farqi bilan yutqazdi
"Yuventus" kecha CHL guruh bosqich 5-tur doirasida "CHelsi" (0:4)dan yirik mag'lubiyatga uchradi.
"Keksa sinora" so'nggi bor 2004 yilning fevralida to'rtta gol farqi bilan imkoniyatni boy bergan edi.
O'shanda "Yuventus" "Roma" bilan mehmonda bo'lib o'tgan A Seriya doirasidagi o'yinda 0:4 hisobida mag'lub bo'lgandi.
Qayd etish kerakki, "Yuventus" CHempionlar Ligasi pley-offiga chiqdi. Turinliklar so'nggi turda londonliklar bilan birinchi o'rinda kim bo'lishini aniqlab olishadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar