"Yuve" Ronaldu uchun 25-30 mln evro olmoqchi. "Man Siti" transfer uchun pul to'lamoqchi emas
25 avg 2021 07:06
Yangiliklar
"Yuve" Ronaldu uchun 25-30 mln evro olmoqchi. "Man Siti" transfer uchun pul to'lamoqchi emas
Hujumchi Krishtianu Ronaldu transfer oynasi so'ngigga qadar "Yuventus"dan ketishi mumkin.
Uning agenti Xorxe Mendesh "Manchester Siti" bilan aloqada va portugaliyalik bilan vaziyatni kuzatmoqda.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, hozirda potencial kelishuvga erishish qiyin masala.
"Keksa sinora" portugaliyalikning transferi uchun 25-30 mln evro olmoqchi edi. "SHaharliklar" transferga pul ishlatishni xohlashmayapti. Bundan tashqari, 36 yoshli o'yinchi bilan shartnoma imzolash uchun, "Siti" dastlab Rahim Sterlingni sotishi kerak.
SHuningdek forvard Gabriel Jezus ishtirokida almashinuv "Yuventus"ga qiziq bo'lishi mumkin, ammo Angliya klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola uni qo'yib yubormoqchi emas.
Fikrlar