"Yuve" hujumchisi "Milan"ga o'tishi mumkin
17 okt 2019 22:11
Yangiliklar


"Yuve" hujumchisi "Milan"ga o'tishi mumkin
"Yuventus" forvardi Mario Manjukich katta ehtimol bilan faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.
"Il Giornale" xabariga ko'ra, tomonlar 33 yoshli futbolchining shartnomasi borasida kelishib olishgan. Biroq transfer qishda yoki yozda amalga oshishi aniq emas.
Oldinroq uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Inter" kabi klublarning qiziqishlari borligi aytilgandi. Ayni damda "Yuventus"ning yangilangan murabbiylar shtabi xorvatiyalikning xizmatlaridan foydalanmayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar