Yusuf Akchichek - "Manchester Yunayted"ning yangi maqsadi
26 mar 2025 22:37
Yangiliklar
Yusuf Akchichek - "Manchester Yunayted"ning yangi maqsadi
"Manchester Yunayted"ning yozgi xaridlaridan biri "Fenerbaxche"ning turkiyalik himoyachisi Yusuf Akchichek bo'lishi mumkin.
Qayd etilishicha, ingliz grandi bosslari Leni Yoro va Lisandro Martinesning uzoq muddatli jarohatlari tufayli yana bir himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Qizil iblislar"ga Akchichek uchun kurashda "Tottenxem", "Bavariya", "Atletiko", "Napoli" va "RB Leypcig" raqib bo'lishga tayyor.
Yusuf Akchichek "Fenerbaxche" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Futbolchi turk klubi safida jami 20 ta o'yin o'tkazib, ularda 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgan. Transfermarkt turkni 5,5 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar