So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  0 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Yuriy Sarkisyan: "Qachondir bosh murabbiylikka qaytsam, faqat “Neftchi”ga qaytaman" Yangiliklar

Yuriy Sarkisyan: "Qachondir bosh murabbiylikka qaytsam, faqat “Neftchi”ga qaytaman"

So'nggi vaqtda bir qator OAVda taniqli mutaxasis Yuriy Sarkisyanni “Andijon” jamoasi bilan shartnoma imzolashi mumkiligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Biz ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida Yuriy Sarkisyan bilan suhbatlashdik.

- Yuriy Vazgenovich so'nggi paytlarda sizni “Andijon”da ish boshlashingiz haqida xabarlar paydo bo'ldi. Bu xabar qanchalik haqiqatga yaqin?
- O'zingizni xabaringiz bor yarim yil uyda ishsiz o'tirdim. Hamma meni unutgandek bir paytda “Bunyodkor” klubi rahbarlari menga ish taklif qilishdi. Men bu klubdan va klub rahbariyatidan juda minnatdorman. Halqimizda shunday gap bor , kim nimani yo'qotsa yo'qotgandan so'ng qadriga etadi. Birinchidan, “Bunyodkor”dek mashhur klubdan ketish mening rejamda yo'q. Ikkinchidan ketadigan bo'lsam men ishlaydigan klub o'z oldiga eng yuqori maqsadlari qo'ygan bo'lishi kerak. CHunki o'zingiz bilasiz men doim medallar uchun kurashishga o'rganganman. Farg'onada yigirma olti yarim yil ishlagan bo'lsam , bu davr oralig'ida 9 marta oltin , 10 marta kumush va 1 marta bronza medallarni qo'lga kiritdim. Osiyo chempionlari kubogi musobaqasida erishgan natijalarimni eslatishim shart bo'lmasa kerak. Men qanday murabbiy ekanligimni  kimgadir isbotlashim shart emas deb o'ylayman.

- Andijonliklar sizga taklif bilan chiqishdimi ? “Andijonga” o'tishingiz haqidagi xabar bejiz chiqmagandir?
- Bilmadim bunday gapni qaerdan olishdi. Men ham siz kabi eshitdim. Andijondan hech kim menga taklif bilan chiqqani yo'q. Andijon jamoasiga hurmatimni saqlagan holda shuni aytmoqchimanki,  men Toshkentdan ketmoqchi emasman. Oilamni Farg'onadan ko'chirib kelganman. Toshkentda yashashga ko'nikib qoldik. Endi oilamni Toshkentga qo'yib o'zim viloyatlarda yurmoqchi emasman. Agar qachondir qaysidir jamoaga borib ishlasam faqat “Neftchi”ga borib ishlashim mumkin. CHunki  men u jamoaga butun hayotimni berdim. Hozirgi kunda esa “Bunyodkor”da hammasi meni qoniqtirmoqda.

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика