So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Yuriy Rijko: "Namanganlik muxlislar - bu alohida mavzu" Yangiliklar

Yuriy Rijko: "Namanganlik muxlislar - bu alohida mavzu"

"Navbahor" klubining belaruslik legioneri Yuriy Rijko o'zbekistonlik muxlislar haqida gapirib berdi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinda "Navbahor" muxlislari hakamga mobil telefonlarini otishgan ekan.
- Sergey Krot Namanganda o'ynaganida stadionga 40 ming odam kelishi va bazida maydonga toshlar otilgani haqida aytib bergandi.
- Buncha odam eski 35 minglik stadionga kelardi. Hozir stadionimiz yangi, rekonstrukciya qilindi. Sig'im ikki baravar kamaydi, lekin stadion ancha zamonaviylashdi. Infrastruktura borasida O'zbekiston futboli juda tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda. Unga qiziqish juda katta, ayniqsa kichik shaharlarda. Toshkentda esa xuddi Minskdagi kabi tomoshabinlar kam. U erda boshqa ko'ngilochar joylar ko'p. Namanganlik muxlislar - bu alohida mavzu. Masalan, "Paxtakor" bilan o'ynadik. 0:0, 94-daqiqada men penalti "ishladim". Mag'lub bo'ldik, hakam maydonni tark etayotganda unga qarata har xil buyumlar uloqtirildi. Stadionga kirishda muxlislardan katta narsalar olib qo'yiladi va ichariga olib kirish mumkin emas. Hakamga mobil telefonlari otilganini ko'rdim, odamlarga qoyil qoldim. Namangandagi muxlislar eng qiziqqonlari. Ko'chada yurish qiyin, barcha kelib dastxat so'raydi, gaplashishni xohlaydi. Bazida oshga taklif qilishadi, rad qilib bo'lmaydi, axir SHarq nozik masala.

- Fanatlar ham bormi?

- Yo'q. Tribunaga deyarli hech nima olib kirish mumkin emas. Agar muxlislarga qo'yib bersa har bir uchrashuvda janjal bo'lishi mumkin. Hozir ancha bosilib qolishganini aytishdi. 10 yil oldin bazi o'yinlardan so'ng muxlislarni stadiondan to'g'ri shifoxonaga olib ketishar ekan. Ayniqsa derbi bo'lsa. Namangan Farg'ona vodiysida joylashgan, u erda yana ikkita klub bor - "Neftchi" Farg'ona va "Andijon". Qanday o'rinni olishdan qatiy nazar bu raqiblarni mag'lub etish shart. Muxlislar uchun mavsum uchun eng asosiy maqsad aynan shu.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика