Yuriy Lukin: Maqsad - barcha uchrashuvlarda muxlislarni xursand qilishdir
21 fev 2014 22:34
Yangiliklar

Yuriy Lukin: Maqsad - barcha uchrashuvlarda muxlislarni xursand qilishdir
Avval xabar qilinganidek, 21 fevral kuni O'FF majlislar zalida O'zbekiston kubogi bahslariga qura tashlandi.
Unga ko'ra, musobaqaning dastlabki bosqichida faqat birinchi liga jamoalari ishtirok etishadi:
O'zbekiston kubogi-2014
1-bosqich. 30 mart
1. "Zomin" - "Guliston"
2. "CHust-Paxtakor" - "Lokomotiv-BFK"
3. "Xotira" - Kosonsoy"
4. "Oqtepa" - "NBU-Osiyo"
5. "Qo'qon-1912" - "UzDongJu"
6. "Xorazm" - "Orol"
7. "Bunyodkor-2" - "Obod"
8. "SHerdor" - "G'allakor"
9. bo'sh o'rin - "SHo'rtan"
10. "Paxtakor-2" - "Istiqlol"
11. "Mashal-2" - "G'ijduvon"
12. "Alanga" - "Spartak"
Ikkinchi bosqich, yani 1/16 finaldan oliy liganing o'n ikkita vakili bahslarga qo'shiladi. Quraga muvofiq, Navoiyning Qizilqum futbolchilari mazkur bosqichda 11-juftlik ("Mashal-2" - "G'ijduvon") g'olibiga qarshi maydonga tushadi. 1/16 final bir uchrashuvdan iborat bo'lib, 19 va 20 aprel kunlari o'tkazilishi belgilangan.
Dastlabki bosqichning 12-juftligi ("Alanga" - "Spartak") g'olibi esa 1/16 finalda Olmaliq jamoasi bilan o'ynaydi.
Qurada nimchorak finalda qaysi juftliklar o'zaro ro'baro' kelishiga ham oydinlik kiritildi. Jumladan, unda "Mashal-2"/"G'ijduvon" - Qizilqum uchrashuvlarida kuchli deb topilgan jamoa "Alanga"/"Spartak" - Olmaliq bahslarida g'olib chiqqan jamoa bilan 1/8 finalda kuch sinashadi.
Ikki o'yindan iborat bo'lgan nimchorak final bosqichi uchrashuvlari 11-12 may va 27-28 may kunlari o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
- O'zbekiston kubogi qura natijalaridan nolimaymiz, - deydi Qizilqum jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Lukin. - Birinchi liga jamoalarining ilk bosqichda o'zaro juftliklarda kuch sinashishi ham ular uchun o'ziga xos qulaylik yaratishi shubhasiz. Bugun barcha mintaqada futbol jadal ommalashmoqda. Mashal-2 ham, G'ijduvon jamoasi ham asosan mahalliy istedodli yoshlarni o'z tarkibiga jamlagan. Ularga qarshi safarda o'ynash bizning jamoamiz uchun ham qiziqarli bo'ladi, deb bilaman. Muhimi, raqibimiz kim bo'lishidan qatiy nazar ularni hurmat qilamiz va har bir uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'ramiz. Maqsadimiz - barcha uchrashuvlarda o'z muxlislarimizni xursand qilishdir.

Fikrlar