Yurgen Klopp: “Yigitlar endi dam olishi kerak”
02 dek 2020 09:05
Yangiliklar
Yurgen Klopp: “Yigitlar endi dam olishi kerak”
“Hammasidan ham yigitlar endi dam olishi kerak. Oldinda ikkita dam olish kunlari bor. Robertson va Xendersonning oyog'i lat edi. SHunday ekan ularga vaqt kerak. Kellexer — top posbon, u bugun har qanday maqtovlardan ko'ra yaxshiroq o'yin namoyish qildi. Neko Uilyams — umuman boshqa hikoya. Endi u o'z o'yinini APL va ECHLda topishi kerak. Hammasi oddiy emas. Bu CHempionlar Ligasidagi eng yaxshi o'yinimiz bo'ldi deb o'ylayman. Bizda jarohat olganlar juda ko'p, ularda esa qoyilmaqom jamoa bor edi. Hamma “Ayaks”ning qanchalar yaxshi jamoa ekanligini yaxshi biladi. Ularda juda yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Biz “Ayaks” bilan yaxshi o'yin o'tkazdik”, — deydi Klopp.
|
Liverpool Curtis Jones - 58' |
Champions League Grp. D . 5-tur 02/12/2020, 01:00 0
:
1
Tugadi
|
Ajax |
Stadion: Anfield, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Tobias Stieler
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar