So’nggi yangiliklar

11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:25Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  1 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  6 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  7 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  4 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4

Yurgen Klopp: “MYU oldinga qarab “uchmoqda”, “Liverpul”da esa muammolar bor. Biroq...” Yangiliklar

Yurgen Klopp: “MYU oldinga qarab “uchmoqda”, “Liverpul”da esa muammolar bor. Biroq...”

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa boshqaruviga kelganida nimalarni his qilgani haqida gapirdi.

“Borussiya” bu shunday katta jamoa ediki undagi har bir xolat menga zavq bag'ishlardi. “Liverpul”ga kelganimda ham shunday tuyg'ularga oshno bo'lganman. Ha, menga o'shanda “Manchester Yunayted” tomonidan qiziqish bo'lgandi, bu haqda aytilgandi, ammo u paytda bu yo'lni tanlash mavridi emasdi. O'shanda “Borussiya” bilan uch yillik kelishuvim bor edi. Men ularni yarim yo'lda tashlab ketadigan yigit emasdim. 

“Liverpul” bilan mutlaq o'zgacha holat bo'lgandi. Ilk soniyalardanoq bu jamoa bilan ishlashim to'g'ri qaror ekanligini his qilganman.   Men vaziyatga: “Liverpul”da vaziyat yaxshi emas, demak hammasini o'z yo'liga tushirib olaman”, degan xayol bilan qaramaganman. Balkim ayrim insonlar shunday o'ylashlari mumkin, ammo amalda bunday bo'lgani yo'q. Bu mening kelishim bilan tartibga solingan holat emas. Barcha ishlar o'z-o'zidan bir maromga tushib borayotgandi.

“Manchester Yunayted”ga qarshi bahs bu katta tarixga ega bo'lgan derbi. Har ikkala jamoa uchun qiyin match bo'ladi. Aftidan “Yunayted” hozir yuksak parvozda, ular oldinga qarab shiddat bilan intilmoqda, bizda esa muammolar bor. Ammo ideal formadan uzoqda emasligimizni his qilib turibmiz.

Uchrashvuvni sabrsizlik bilan kutmoqdaman, jangovar bellashuv bo'ladi”, dedi Klopp.

“Liverpul” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi bugun 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi. Turnir jadvalida “Manchester Yunayted” eng asosiy taqibchisi “Liverpul”ni uch ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика