Yurgen Klopp: “Liverpul” 500 ta vaziyat yaratmadi, biroq g'alabaga erishdi”
01 noy 2020 09:35
Yangiliklar


Yurgen Klopp: “Liverpul” 500 ta vaziyat yaratmadi, biroq g'alabaga erishdi”
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 7-turi doirasida “Vest Xem” (2:1) ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
“Dunyoda vaziyat yaxshi emas, shunga qaramay bizga futbol o'ynash uchun imkoniyat berishayotgani uchun baxtliman. Biz g'alaba uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz lozim. Gap oldimizdagi vazifa haqida ketayapti, safarlar, uchish, yo'l yurish haqida emas.
Bunday raqibga qarshi og'ir mehnat qilishimiz kerak edi. Maydonda biroz tajovuzkor va ayyor bo'lish lozim. Biz shunday ham bo'ldik.
Yaxshi o'yin ko'rsatdik. To'g'ri, 500 ta vaziyat yarata olmadik, ammo g'alaba uchun kerakli ishni qildik. Hozir yorqin o'yin ko'rsatishni istamayman, chunki buni iloji yo'q. Maydonda qanday kurasha olishimizni ko'rishni istayman va shuni ko'rayapman ham. Men baxtliman”, dedi Klopp.

Fikrlar